Kompaniya haqida
«TOSHUYJOYLITI» AJ
“ToshuyjoyLITI” AJ Uy-joy va fuqarolik qurilishi ilmiy-tadqiqot loyiha-qidiruv instituti sizga va sizning muhtaram kompaniyangizga hurmat-ehtirom bildiradi hamda turar-joy, davlat va ma’muriy, sanoat binolari va inshootlari, muhandislik infratuzilmasi soxasidagi o’z xizmatlarini taklif etadi .
“ToshuyjoyLITI” AJ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-martdagi qarori bilan tashkil etilgan. Markaziy Osiyodagi yetakchi zilzilaga chidamli turar-joy va jamoat binolarini loyihalash instituti – Toshkent zonal namunaviy va eksperimental loyihalash ilmiy-tadqiqot instituti hamda turar-joy va fuqarolik binolarini loyihalashga ixtisoslashgan bosh institut – Toshkent shahar miqyosidagi binolarni loyihalash institutini birlashtirish orqali Malakali xodimlarni saqlab qolgan holda turar-joy binolarini loyihalash soxasida xizmat ko’rsatib kelmoqda.
“ToshuyjoyLITI” AJ faoliyatining asosiy yo‘nalishlari:
turli maqsadlardagi bino va inshootlarni, muhandislik tarmoqlarini, shuningdek, avtomobil yo‘llari va yo‘l infratuzilmasini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish;
binolar va inshootlarning texnik holatini tekshirish;
bino va inshootlarning yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarini tiklash va mustahkamlash loyihalarini ishlab chiqish;
zilzilaga chidamli binolarni qurish sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari, shu jumladan loyiha-qidiruv ishlari;
O‘zbekiston Respublikasi qurilish normalari va qoidalarini takomillashtirish;
yangi qurilish, rekonstruksiya va kapital ta’mirlash bo‘yicha biznes-rejalar, texnik-iqtisodiy asoslar, texnik-iqtisodiy ishlanmalarni ishlab chiqish;
bosma mahsulotlarni ishlab chiqarish bo’yicha xizmatlar, shu jumladan keng formatli rangli va buyurtma bo’yicha chop etish xizmatlari.
100 dan ortiq xodimlar
shulardan 40 tasi oliy ma’lumotli
o’zining ma’muriy binosi
200 dan ortiq kompyuter texnikasi
shundan 15 dona katta formatli matbaa uskunalari
qulay joylashuv
E'LONLAR
E'lonlar
“ToshuyjoyLITI” AJ ning 2024-yilgi moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini Buxgalteriya hisobi milliy standartlari va Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari hamda KPI lar asosida auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini tanlash bo‘yicha
TANLOV
e’lon qiladi.
E'lonlar
«TOSHUYJOYLITI» OAJ
ichki audit xizmatining bo‘sh ish o‘rinlariga tanlov e’lon qiladi.
E'lonlar
“ToshuyjoyLITI” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining
navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida
XABARNOMA
E'lonlar
“ToshuyjoyLITI” AJ 2023-yil korporativ boshqaruv tizimini baholash bo‘yicha xulosa
TASHKILIY TUZILMA
FILIALLAR va BO'LIMLAR
Sizga shuni ma'lum qilamizki bugungi kunda filiallar va ularning tarkibiy tuzilmasi qayta ko'rib chiqilmoqda
Fuqarolarning murojaatlarini ko'rib chiqish
Yuridik va jismoniy shaxslarning murojaat qilish tartibi
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq Bosh direktor, o‘rinbosarlari va boshqarma boshliqlari yuridik va jismoniy shaxslarni quyidagi kunlarda qabul qiladilar hamda ularning arizalarini ko‘rib chiqadilar:
Bosh direktor – seshanba kuni soat 15.00 dan 17.00 gacha
Birinchi o’rinbosar – dushanba va payshanba kunlari soat 15.00 dan 17.00 gacha
Bo’lim boshliqlari – dushanbadan jumagacha soat 15.00 dan 17.00 gacha
Shu bilan birga, fuqarolar yozma murojaatlar yuborishlari mumkin, ular qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqiladi va murojaat qilganlarga yozma javob yuboriladi.
Bog’lanish uchun telefonlar: +998 71 254-54-11
Elektron pochta: tashjilproekt@list.ru
BO'SH ISH O'RINLARI
Bugungi kunda “ToshuyjoyLITI” AJda quyidagi bo‘sh ish o‘rinlari mavjud:
Eslatib o‘tamiz, talabgorlar tanlov asosida tanlanadi. Ariza beruvchi ish tajribasi, ish davomida bajargan vazifalari, tillarni bilish darajasi, kompyuter savodxonligi darajasi, elektron dasturlarni bilishi to’g’risida to’liq ma’lumotni o’z ichiga olgan rezyumeni tashjilproekt@list.ru elektron manziliga yuborishi kerak. Talablarga javob bergan rezyume mualliflari keyingi suhbat bosqichga taklif etiladi.
тел: +998 71 254-54-11
TENDERLAR
Bugungi kunda “ToshuyjoyLITI” AJ ning tenderlarda xizmat va tovarlarni sotib olishga extiyoji yuq. Mavjud extiyojlar xarid.uzex.uz sayti orqali elektron do’kon orqali sotib olinmoqda. Talab mavjud bo’lganda taklif tenderlar bo’limida joylanadi va barcha ishlab chiqaruvchilarni tenderda ishtirok etishga taklif qilib qolamiz.
тел: +998 71 254-54-11
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH
Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazorati
Hurmatli ToshuyjoyLITI AJ Hamkorlari!
Agar Siz ToshuyjoyLITI AJ xodimlari tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilganli guvohi bo‘lsangiz yoki korupsiyaga sabab bo‘luvchi xolatlar va sharoitlar haqida ogohlantirmoqchi bo‘lsangiz, Sh.saydaliyev@gmail.com yoki +99871 254-54-11 (ichki raqam 111) telefon raqami orqali Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazorati bo‘yicha yetakchi mutaxassisiga murojaat qilishingiz mumkin. Bu xizmat korrupsion xarakatlarning har qanday ko‘rinishini oldini olishdan manfaatdor bo‘lgan ham jismoniy, ham yuridik shaxslar uchun tashkil etilgandir.
Hurmatli ToshuyjoyLITI AJ xodimlari!
Agar Siz o‘z ish faoliyatingizda “manfaatlar to‘qnashuviga” duch kelsangiz zudlik bilan bu haqida Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazorati bo‘yicha yetakchi mutaxassisini xabardor qilishingiz lozim bo‘ladi. Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazorati bo‘yicha yetakchi mutaxassisi murojaatingizni o‘rganib chiqib tegishli qaror qabul qiladi.
Murojaatlar maxfiyligi kafolatlanadi!
ESLATMA: “Manfaatlar to‘qnashuvi” — shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik muassasa xodimining mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan Muassasaning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatdir.
Diqqat! O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 237-moddasiga binoan, yolg‘on ma’lumot berish, ya’ni bila turib yolg‘on xabar berish uchun jinoiy javobgarlik ko‘zda tutilgan
Saydaliyev Shahzod Zayniddinovich
+99871 254-54-11 (ichki raqam 111)