yangiliklar

1992-yil 2-iyul — O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun

1992-yil 2-iyul sanasi O‘zbekiston tarixida muhim kunlardan biri hisoblanadi. Aynan shu kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun bilan mustaqil davlatimizning muhim ramzlaridan biri — Davlat gerbi rasmiylashtirildi va qonuniy kuchga ega bo‘ldi.

Davlat gerbi O‘zbekiston xalqining tarixiy merosi, milliy qadriyatlari va mustaqil davlat sifatida tutgan o‘rni, orzu-umidlarini mujassam etadi. Unda quyosh nurlari, paxta novdalari, bug‘doy boshoqlari, Humo qushi, moviy osmon va boshqa ramziy belgilar orqali yurtimizning tabiiy boyliklari, tinchliksevarlik ruhi va ravnaq sari intilishi ifoda etilgan.

Ushbu tarixiy sana – 2-iyul har yili O‘zbekistonning davlat ramzlariga bo‘lgan hurmat, milliy g‘urur va mustaqillik timsoli sifatida esga olinadi.

https://t.me/toshuyjoylitiaj

21.03.2025 yil

foto galeriya