yangiliklar


🎉 Quruvchilar kuni muborak! 🏗
Hurmatli hamkasblar!
Sizlarni Quruvchilar kuni – mehnat, sabr, fidoyilik va ijodkorlik bayrami bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!
Bugun biz sizlarning har biringizga – Toshkent shahrining obodligiga, zamonaviy binolar, turar-joylar, muhandislik inshootlari barpo etilishiga munosib hissa qo‘shayotgan mehnatkash quruvchilarga minnatdorchilik bildiramiz.
Sizning fidokorona mehnatingiz tufayli shaharu qishloqlarimiz obod bo‘lmoqda, odamlarimizga qulay shart-sharoitlar yaratilmoqda.
Yana bir bor bayram bilan tabriklaymiz! Sog‘lik, omad va yangi yutuqlar doimo hamroh bo‘lsin!
Hurmat bilan,
ToshuyjoyLITI AJ rahbariyati
https://t.me/toshuyjoylitiaj
21.03.2025 yil


Bugun Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “ToshuyjoyLITI” AJ da “Korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini oldini olish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Seminar-trening soha xodimlarining huquqiy ongini oshirish, halollik va shaffoflik tamoyillarini chuqur singdirish, hamda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish maqsadida tashkil etildi.
⌛️ Tadbirni ToshuyjoyLITI AJ rahbariyati ochib berdi. Treningda tashkilotning barcha tarkibiy bo‘linmalari xodimlari, shuningdek, komplayens nazoratchilari, yuridik xizmat, kadrlar, moliya va buxgalteriya bo‘limlari xodimlari faol ishtirok etdilar.
✅ Seminar-trening yakunida quyidagilar xulosa qilindi:
• Korrupsiyaga qarshi kurashish — bu faqat huquqiy emas, balki madaniy, axloqiy yondashuvni ham talab etadi.
• Har bir xodim o‘z lavozim majburiyatlarini halol, mas’uliyatli va qonunchilikka muvofiq bajarishi shart.
• Komplayens tizimi doirasida ichki nazorat va xatarlarni tahlil qilish faoliyatini kuchaytirish zarur.
• Davlat rahbariyatining mazkur yo‘nalishdagi siyosatini joylarda amalda tatbiq etish bo‘yicha doimiy o‘quv mashg‘ulotlari davom ettiriladi.
🔍 Tadbir yakunida barcha xodimlar tomonidan qonunchilikka qat’iy rioya etilishi, o‘z mansab yoki xizmat majburiyatlarini vijdonan, odob-axloq qoidalariga rioya etgan holda bajarishi hamda korruptsiyaga oid biror-bir huquqbuzarlikni sodir etishdan o‘zini tiyishi shartligi to‘g‘risida yana bir bor ogohlantirildi.
📌 Trening ishtirokchilari tomonidan bildirilgan fikr va takliflar umumlashtirilib, tegishli tavsiyalar sifatida rahbariyatga taqdim etiladi.
https://t.me/toshuyjoylitiaj
21.03.2025 yil