Kompaniya haqida

«TOSHUYJOYLITI» AJ

       “ToshuyjoyLITI” AJ Uy-joy va fuqarolik qurilishi ilmiy-tadqiqot loyiha-qidiruv instituti sizga va sizning muhtaram kompaniyangizga hurmat-ehtirom bildiradi hamda turar-joy, davlat va ma’muriy, sanoat binolari va inshootlari, muhandislik infratuzilmasi soxasidagi o’z xizmatlarini taklif etadi .

       “ToshuyjoyLITI” AJ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 23-martdagi qarori bilan tashkil etilgan. Markaziy Osiyodagi yetakchi zilzilaga chidamli turar-joy va jamoat binolarini loyihalash instituti – Toshkent zonal namunaviy va eksperimental loyihalash ilmiy-tadqiqot instituti hamda turar-joy va fuqarolik binolarini loyihalashga ixtisoslashgan bosh institut – Toshkent shahar miqyosidagi binolarni loyihalash institutini birlashtirish orqali Malakali xodimlarni saqlab qolgan holda turar-joy binolarini loyihalash soxasida xizmat ko’rsatib kelmoqda.

“ToshuyjoyLITI” AJ faoliyatining asosiy yo‘nalishlari:

turli maqsadlardagi bino va inshootlarni, muhandislik tarmoqlarini, shuningdek, avtomobil yo‘llari va yo‘l infratuzilmasini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish;

binolar va inshootlarning texnik holatini tekshirish;

bino va inshootlarning yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarini tiklash va mustahkamlash loyihalarini ishlab chiqish;

zilzilaga chidamli binolarni qurish sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari, shu jumladan loyiha-qidiruv ishlari;

O‘zbekiston Respublikasi qurilish normalari va qoidalarini takomillashtirish;

yangi qurilish, rekonstruksiya va kapital ta’mirlash bo‘yicha biznes-rejalar, texnik-iqtisodiy asoslar, texnik-iqtisodiy ishlanmalarni ishlab chiqish;

bosma mahsulotlarni ishlab chiqarish bo’yicha xizmatlar, shu jumladan keng formatli rangli va buyurtma bo’yicha chop etish xizmatlari.

100 dan ortiq xodimlar

shulardan 40 tasi oliy ma’lumotli

o’zining ma’muriy binosi

200 dan ortiq kompyuter texnikasi

shundan 15 dona katta formatli matbaa uskunalari

qulay joylashuv

«ToshuyjoyLITI» AJ

????????????????????????????????????

Institut qurilishda me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish, fuqarolik inshootlarining seysmik chidamliligi, fuqarolik inshootlarining namunaviy loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha yetakchi tashkilot hisoblanadi.

E'LONLAR

E'lonlar

Hurmatli aktsiyadorlar!

“ToshuyjoyLITI” aktsiyadorlik jamiyati aktsiyadorlarining
navbatdan tashqari umumiy yigʼilishi oʼtkazilishi toʼgʼrisida
XАBАRNOMА

TASHKILIY TUZILMA

FILIALLAR va BO'LIMLAR

Sizga shuni ma'lum qilamizki bugungi kunda filiallar va ularning tarkibiy tuzilmasi qayta ko'rib chiqilmoqda

Fuqarolarning murojaatlarini ko'rib chiqish

Yuridik va jismoniy shaxslarning  murojaat qilish tartibi

O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq Bosh direktor, o‘rinbosarlari va boshqarma boshliqlari yuridik va jismoniy shaxslarni quyidagi kunlarda qabul qiladilar hamda ularning arizalarini ko‘rib chiqadilar:

Bosh direktor – seshanba kuni soat 15.00 dan 17.00 gacha

Birinchi o’rinbosar – dushanba va payshanba kunlari soat 15.00 dan 17.00 gacha

Bo’lim boshliqlari – dushanbadan jumagacha soat 15.00 dan 17.00 gacha

Shu bilan birga, fuqarolar yozma murojaatlar yuborishlari mumkin, ular qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqiladi va murojaat qilganlarga yozma javob yuboriladi.

Bog’lanish uchun telefonlar: +998 71 254-54-11

Elektron pochta: tashjilproekt@list.ru

 

BO'SH ISH O'RINLARI

Bugungi kunda “ToshuyjoyLITI” AJda quyidagi bo‘sh ish o‘rinlari mavjud:

 

Eslatib o‘tamiz, talabgorlar tanlov asosida tanlanadi. Ariza beruvchi ish tajribasi, ish davomida bajargan vazifalari, tillarni bilish darajasi, kompyuter savodxonligi darajasi, elektron dasturlarni bilishi to’g’risida to’liq ma’lumotni o’z ichiga olgan rezyumeni tashjilproekt@list.ru elektron manziliga yuborishi kerak. Talablarga javob bergan rezyume mualliflari keyingi suhbat bosqichga taklif etiladi.

тел: +998 71 254-54-11

 

 

TENDERLAR

Bugungi kunda “ToshuyjoyLITI” AJ ning tenderlarda xizmat va tovarlarni sotib olishga extiyoji yuq. Mavjud extiyojlar xarid.uzex.uz sayti orqali elektron do’kon orqali sotib olinmoqda. Talab mavjud bo’lganda taklif tenderlar bo’limida joylanadi va barcha ishlab chiqaruvchilarni tenderda ishtirok etishga taklif qilib qolamiz.   

 

 

тел: +998 71 254-54-11